Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.

📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.

4-Shohbekat saylov okrugi deputati T. Isroilova tomonidan saylovchilar bilan ishlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ijtimoiy masalalarni hal etishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etildi.

👟 Xususan, aholining jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom hayot tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida “5000 qadam” loyihasi doirasida ommaviy tadbir o‘tkazildi. Tadbir saylovchilar tomonidan ijobiy baholanib, keng ishtirok bilan o‘tdi.

👨‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, ajrim yoqasida turgan yosh oila vakillari bilan profilaktik suhbat tashkil etilib, mas’ul mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida muammo atroflicha o‘rganildi. Olib borilgan tushuntirish va maslahatlar natijasida ushbu oilaning saqlanib qolishiga erishildi.

🏘 Barkamol MFY hududida mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda profilaktik masalalar, hududni obodonlashtirish hamda aholini qiynayotgan boshqa dolzarb muammolar muhokama qilindi.

🎓 Bundan tashqari, bitiruvchi yoshlar bilan davomat va kiyinish madaniyati mavzusida targ‘ibot-tashviqot suhbati tashkil etilib, yoshlarga ta’lim muassasalarida belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etishning ahamiyati tushuntirildi.

Mazkur tadbirlar aholining ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom muhitni shakllantirish va mahallalarda barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5