35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokama

 Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Rayimqulova Santalatxon tomonidan 35-umumta`lim maktabida “O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyatiga bag`ishlangan muhokama yig`ini o`tkazildi. 

Tadbirda ta`lim muassasasi jamoasi, o`qituvchilar va faol yoshlar ishtirok etdi. Muhokama davomida “O`zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy maqsad va vazifalari, uning mamlakat taraqqiyotida tutgan o`rni, ayniqsa, ta`lim sohasini rivojlantirish, yoshlar salohiyatini oshirish,
inson kapitaliga investitsiya kiritish borasidagi ustuvor yo`nalishlariga alohida to`xtalib o`tildi.
Deputat Santalatxon Rayimqulova o`z so`zida strategiyani takomillashtirish jamiyatning barcha qatlamlari, xususan, ta`lim muassasalarida keng muhokama qilinishi muhimligini ta`kidladi. Shuningdek, strategiyada belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etishda maktab jamoalarining o`rni beqiyos ekani, o`qituvchilarning faolligi esa islohotlar samaradorligini ta`minlashini qayd etdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirilib, strategiyani takomillashtirish bo`yicha takliflar ilgari surildi. Bu kabi uchrashuvlar aholining siyosiy-ijtimoiy faolligini oshirish,
“O`zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishi ta`kidlandi.
  

Slide 1 of 5