35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
MUROJAAT VA IJRO MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV

Qo‘shko‘pir tumanidagi Ko‘ktom mahallasida Muhtaram Prezidentimizning O‘zbekiston xalqiga va Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasining mazmun-mohiyatini mahalla aholisiga yetkazish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

Mazkur tadbirda tuman hokimligi vakillari, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda maktab jamoasi faol ishtirok etdilar.Tadbirda Qo'shkopir tuman hokimi o'rinbosari Хurmatbek Ibragimov, Xalq deputatlari Qo'shko'pir tuman Kengashi bosh mutaxassisi Sarabibi Matyoqubova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shko‘pir tuman bo‘linmasi rahbari R. Ismoilovalar oz ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. 

 Ular Prezidentimiz murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, jumladan, iqtisodiy islohotlar, ta’lim sohasini rivojlantirish, yoshlar siyosati, ijtimoiy himoya, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida atroflicha ma’lumotlar berdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, fikr va mulohazalar bildirildi. Ushbu uchrashuv mahalla aholisi o‘rtasida islohotlarga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, yurt kelajagiga daxldorlik hissini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1