Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
🔰"O‘zbekiston – 2030": jamoatchilik fikriga tayangan kelajak strategiyasi

"O‘zbekiston – 2030" strategiyasi loyihasining keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani mamlakatda ochiqlik, shaffoflik va fuqarolar fikrini inobatga olish tamoyillari amalda qaror topayotganidan dalolat beradi. Ushbu strategiya loyihasi davlat va jamiyat hayotining barcha muhim sohalarini qamrab olgan bo‘lib, inson qadrini ulug‘lash, barqaror iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Muhokamalar jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati vakillari, ekspertlar va faol fuqarolarning taklif va fikrlari tinglanayotgani strategiyaning hayotiy va samarali bo‘lishini taʼminlaydi. Ayniqsa, jamoatchilik nazoratini rivojlantirish, aholining qaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish, ijtimoiy sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan normalar NNTlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Biz, nodavlat notijorat tashkiloti rahbari sifatida, "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda konstruktiv takliflar bildirishni o‘z oldimizga vazifa deb bilamiz. Strategiyada belgilangan maqsadlar amaliy natija berishi uchun davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholi o‘rtasida samarali hamkorlik muhim, deb hisoblaymiz.

Ishonchimiz komilki, "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi loyihasi jamoatchilik fikri asosida takomillashtirilib, mamlakat taraqqiyoti, xalq farovonligi va demokratik islohotlarning yangi bosqichini taʼminlaydigan muhim dasturga aylanadi.

Muzaffar MAMATQULOV Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati, “Yuksalish” harakati Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari