35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Deputat tomonidan 2025-yil IV chorak yakunlari bo‘yicha axborot berildi va “mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

Olmazor tumani Hofiz Kòhakiy MFYda 2026 yil 13 yanvar sanasida xalq deputtalri Olmazor tumani Kengashi deputati Gulyamova Komola ishtirokida 2025-yil IV chorak yakunlari bo‘yicha axborot berildi va “mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda dastlab Prezidentimizning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Xususan, 2026-yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilingani mahallalarda faoliyat olib borayotgan raislar, deputatlar hamda mahalla “yettiligi” oldiga katta va mas’uliyatli vazifalarni yuklashi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, Murojaatnomada belgilab berilgan 6 ta ustuvor vazifaning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga yetkazildi.

Shuningdek, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi, ularning ijrosi, aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar yuzasidan hisobot berildi. Deputat tomonidan ayrim masalalar bo‘yicha kelgusidagi rejalar va 2026-yilda bajarilishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalar haqida to’xtalib o’tildi.

Mazkur axborot mahalla fuqarolarini amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlashga qaratilganligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 3