Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
"Hazrati imom" mahallasida turistik 24/7 ko‘cha bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

Joriy yilning 12-yanvar kuni xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashiga 20-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat Inobat Normurodova "Hazrati imom" mahallasida bo‘lib, aholi bilan yaqindan suhbatlashdi. Hududdagi xonadonlarda bo‘lib, mahalla aholisining kundalik hayoti bilan tanishdi. Yangilangan mahalla hududida fuqarolarning ijtimoiy ehtiyojlariga daxldor qator masalalarni ko‘rib chiqildi. 

Jumladan, Zarqaynar ko‘cha 18-berk ko‘chada yashayotgan aholining minnatdorlik so‘zlarini eshitdi. 4-uy bekasi Aziza Ikromova ko‘cha yo‘laklari ravon, bolalar aravachalarida yurish qulay bo‘lganligini bildirsa, shu ko‘cha 58-xonadon egasi Asatilla Ilhomov qishda hamma qulayliklar yaratib berilgani, mahalla hududi tubdan yangi qiyofaga kirib sayohatchilar bilan gavjum bo‘layotganligidan mamnun ekanligini bildirishdi. Shu yerda bir guruh xorijiy mehmonlar bilan ham ko‘rishib fikr-mulohazalarini so‘raldi.

Toshkentning tarixiy joylari juda maʼqulligini keyingi safar ko‘pgina kunni mo‘ljallab yana kelishlarini bildirdilar. 

Uchrashuv davomida guzar boshidagi uylar oldida yig‘ilib qolgan qurilish chiqindilarini yig‘ib olish bo‘yicha ham takliflar bildirildi. Bu bo‘yicha ham masʼul shaxslarga aniq topshiriqlar bildirishga kelishib olindi. 

Uchrashuv jarayonida mahalla yettiligi aʼzolari, hokim yordamchisi Ansoriddin Xusniddinov hamkorlik qildi.

Slide 1 of 3