Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
📌 Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish bo‘yicha yig‘imlar muhokama qilindi

2026-yil 10-yanvar kuni soat 11:00 da Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi onlayn tarzda (Zoom platformasi orqali) o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 2026-yilda Ishtixon tumani hududida alkogol mahsulotlarini (pivo bundan mustasno) realizatsiya qilish huquqi, shuningdek umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini oshirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala:

📄 O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-1105-sonli Qonuni,

📄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-son qarori talablari ijrosini ta’minlash maqsadida muhokama qilindi.

Mazkur qarorning 2-xatboshisi “v” bandiga muvofiq, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga alkogol mahsulotlarini (pivo bundan mustasno) realizatsiya qilish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilgan.

Shunga asosan, 2026-yil uchun Ishtixon tumani hududida alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘im miqdorlari 19% ga oshirilishi belgilanishi ma’lum qilindi.

Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan masala yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, mahalliy byudjet daromadlarini mustahkamlash hamda budjet intizomini kuchaytirishga qaratilgan tegishli xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 4