Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar

 Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tomonidan tuman mudofaa ishlari bo‘limi binosida
amalga oshirilayotgan mukammal ta’mirlash ishlarining holati o‘rganildi. Ayni vaqtda
ushbu ob’ektda pudratchi tashkilot - “Active Construction” MChJ tomonidan qurilish-ta’mirlash
ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 2 milliard
100 million so‘mni tashkil etadi. 

O‘rganish jarayonida deputatlar ta’mirlash ishlarining sifati, qurilish materiallarining me’yor va standartlarga
muvofiqligi, shuningdek, ishlar loyiha-smeta hujjatlariga qat’iy rioya etilgan holda
bajarilayotganiga alohida e’tibor qaratdilar. Shu bilan birga, ob’ektni belgilangan
muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari ham muhokama qilindi. 

Jarayon davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan pudratchi va mas’ul tashkilot vakillariga
tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha aniq
vazifalar belgilandi. Deputatlar tomonidan ta’mirlash ishlari ustidan deputatlik
nazorati kelgusida ham davom ettirilishi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 5