Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
Jalaquduq tumanida Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyati tushuntirildi

 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O`zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ta`lim sohasini rivojlantirish, yosh
avlodni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega, raqobatbardosh mutaxassislar qilib tayyorlash masalalariga alohida e`tibor qaratilgan.
Shu munosabat bilan 26-umumtalim maktabda tashkil etilgan davra suhbatida Murojaatnomada belgilangan ta`lim yo`nalishidagi
ustuvor vazifalar, xususan, maktabgacha va umumta`lim tizimini takomillashtirish, oliy ta`lim sifati va qamrovini oshirish, ilmiy-tadqiqot va
innovatsiyalarni qo`llab-quvvatlash, pedagog kadrlarning nufuzini yuksaltirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Davra suhbati davomida deputat N.Abdumuminova so`zga chiqib, ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni, ularning ijtimoiy ahamiyati
hamda joylarda samarali ijrosini ta`minlash bo`yicha fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, ta`lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan takliflar ilgari surildi.
Tadbir ishtirokchilari Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalarni hayotga tatbiq etishda barcha mutasaddi tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini ta`kidlab, ta`lim sohasidagi islohotlar mamlakat taraqqiyotining muhim omili ekanini alohida qayd etdilar.  

Slide 1 of 6