Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Bo‘stonobod okrugi deputati mahalla fuqarolari bilan uchrashib, axborot berdi va qabullar o‘tkazdi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining Bo‘stonobod okrugi deputati Umida Fayziyeva tomonidan mahalla hududida fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida deputat o‘zining o‘tgan davrdagi faoliyati, amalga oshirilgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan mahalla aholisiga batafsil axborot berdi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etilib, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar tinglandi. Xususan, ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar sifati bo‘yicha ko‘plab savollar ko‘tarildi.

Deputat tomonidan har bir murojaat yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi deputat nazoratiga olindi.

Mazkur uchrashuv mahalla fuqarolari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etishga qaratilgan bo‘lib, bunday tadbirlar kelgusida ham muntazam davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5