Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputat tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj nuroniylar holidan xabar olindi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Baxriddin Nurmatov tomonidan mahalla hududida istiqomat qiluvchi yotoqlik kasal bemor fuqarolar, shuningdek ijtimoiy ko‘makka muhtoj nuroniylar holidan xabar olish maqsadida uyma-uy yurilib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur tashriflar davomida fuqaro va nuroniylarning salomatlik holati, kundalik ehtiyojlari, yashash sharoitlari hamda ularni qiynab kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, ularning murojaatlari tinglanib, mavjud masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar belgilandi.

Deputat tomonidan ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini muhofaza qilish va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi. Tashrif davomida fuqarolarga ma’naviy ko‘mak ko‘rsatilib, ularning holidan muntazam xabar olib borilishi qayd etildi.

Mazkur uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, joylarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan muhim amaliy tadbir sifatida baholandi.

Slide 1 of 6