Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTATLIK NAZORAT

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 3-Poshxurt saylov okrugi deputati Nuriddinov Iskandar Fayzullayevich tomonidan “Poshxurt” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla hududi hamda undagi ijtimoiy obyektlar bilan bog‘liq mavjud muammolar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Sherobod tumanida 2025-yilning 2-mavsumi doirasida, 15-iyuldan 31-avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Openbudjet.uz” rasmiy veb-sayti orqali tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan SMS ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan, eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflarni moliyalashtirish uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi 2025-yil 12-sentabrdagi VII-15-119-8-119-K/25-sonli qaror ijrosi yuzasidan “Poshxurt” mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratiga olindi.

Xususan, mahalla aholisi tomorqa yerlarini sug‘orish uchun artezian quduq burg‘ulash, suv nasosi, nasos uchun transformator hamda sug‘orish quvurlarini o‘rnatish ishlari yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi hamda mas’ul tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborildi. Ushbu masalalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida deputatlik nazorati o‘rnatildi.