Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
CHINOZ TUMANI. Deputat tashabbusi bilan mahalla infratuzilmasi yaxshilanmoqda

🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov tashabbusi bilan tumandagi "Xo‘ja" mahallasining "Istiqlol" ko‘chasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

♻️Xususan, hududda beton lotoklar hamda muhandislik kommunikatsiyalari uchun mo‘ljallangan konstruksiyalar o‘rnatilmoqda. Ushbu ishlar yog‘ingarchilik suvlarini tartibli ravishda oqizish, yo‘l va piyodalar harakatini qulay, xavfsiz tashkil etishga xizmat qiladi. Qurilish jarayonlari belgilangan texnik talablar asosida, mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilmoqda.

✅Mazkur loyiha mahalla infratuzilmasini zamonaviy talablarga moslashtirish, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda hudud obodonligini ta’minlashga qaratilgan. Kelgusida ham "Xo‘ja" mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 6