Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
CHINOZ TUMANI. Deputat tomonidan o'rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Mirsoat Mirsodiqov tomonidan tumandagi Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchilari tomonidan olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, xususan, aholining bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaratish, tadbirkorlikka jalb etish hamda aholini kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan manzilli dasturlar ijrosi tahlil qilindi.

Shuningdek, aholi bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligi, muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarildi. Aniqlangan masalalar bo‘yicha mas’ul xodimga ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar aholi farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3