Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
“Kuchli Kengash – hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili amalda

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasida viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimini egallashi mumkin emasligi nazarda tutilgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunga asosan ushbu qoida tuman (shahar) vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlariga nisbatan 2026-yil 1 yanvardan eʼtiboran amalga kiritilishi belgilangan.

Ushbu konstitutsiyaviy normadan kelib chiqqan holda joriy yilning 29-30-dekabr kunlari barcha tuman (shahar)larda (208 ta) xalq deputatlari Kengashlari sessiyalari o‘tkazildi.

Sessiyalarda Kengash deputatlari orasidan ochiqlik va shaffoflik taʼminlangan holda Raislar saylandi.

Kengash raisi etib saylanganlarning:

– 203 nafari (97,5 %) oliy maʼlumotli;

– 31 nafari ayollar (14,9 %);

– 18 nafari (8,5 %) boshqa millat vakillari;

– 21 nafari (10 %) davlat mukofotlari bilan taqdirlangan;

– 8 nafari (4 %) ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lganlar tashkil qildi.

Kengash raisi va hokim lavozimlarining ajratilishi mahalliy darajada xalq hokimiyatchiligini mustahkamlash, qarorlar qabul qilish jarayonida saylovchilar va deputatlarning rolini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 9