Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati

Yangihayot tumani Toshkent iqtisodiyot va sanoat texnikumida xalq
deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari D.Xursandova va
N.Abdalimovalar ishtirokida oʻquv seminar va targʻibot tadbiri tashkil etildi.
 

Oʻquv seminar va targʻibot tadbirida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida ekologik
vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar
toʻgʻrisida” 24-noyabrdagi 2025-yildagi PF-229-son Farmonining mazmun-mohiyati
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Yangihayot tumani Kengashi raisi, deputat
N.Abdalimova tomonidan keng tushuntirildi.
 

# Mazkur oʻquv seminar davomida Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan
Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib
boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha pedagoglar ishtirokida
seminar trening oʻtkazildi va tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan muammoli
vaziyatlarni KEYS-STADI metodi tarzida muhokama etildilar.
 

   Shuningdek, deputat D.Xursandova tomonidan Yangihayot tumanida ekologik
vaziyatni yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi va
kelajak avlodni huquqiy va siyosiy bilimlari, ongi va madaniyatini yanada
yuksaltirish bilan bir qatorda ekologik madaniyatini yuksaltirishga ham alohida
eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.
 

# Tadbir soʻngida D.Xursandova saylov oldi dasturidan joy olgan muhim va dolzarb masalalardan boʻlmish,
taʼlim-tarbiya jarayoniga alohida eʼtibor qaratishini aytib, pedagogik
texnologiyalardan keng foydalanish, taʼlim tizimining ilgʻor tajribalarini
oʻrganish, ularni dars jarayonlariga tadbiq etish va taʼlim sifatini oshirishga
qaratilgan oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.
  

Slide 1 of 5