Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 8-Taraqqiyot saylov okrugidan saylangan deputat Xusnara Berdiyarova Boyovut tumani “Olmazor” mahallasida bo‘lib, hududdagi muammolarni o‘rganish maqsadida joylarda o‘rganishlar olib bordi.

Xususan, “Fido” ko‘chasida joylashgan elektr beton ustun yaroqsiz holga kelib, qulash xavfi yuzaga kelgani aniqlanib, ushbu holat fuqarolar hayoti va xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani qayd etildi.

Shuningdek, “Fido” va “Nur” ko‘chalariga loy-tosh aralashmasi to‘kilgani sababli ko‘chalar ahvoli yanada yomonlashib, yog‘ingarchilik vaqtida yurib bo‘lmas darajaga kelgani aholining e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, “Sofdillik” va “Yangi hayot” ko‘chalarida olib borilayotgan shag‘allantirish ishlari yakuniga yetkazilmagani hamda ishlar sifatsiz bajarilgani aniqlandi.

O‘rganishlar yakunida deputat mahalla yettiligi bilan uchrashib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimini topish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan atroflicha suhbatlashdi.

Slide 1 of 5