Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 15-Bo‘stonobod okrugi deputati tomonidan mahalla hududidagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyati hamda bo‘sh ish o‘rinlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 15-Bo‘stonobod okrugi deputati Umida Fayziyeva tomonidan "Qichqiriq" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Muza” qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish fabrikasiga tashrif buyurilib, korxonaning ish jarayoni, ishlab chiqarish quvvatlari hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishildi. 

Tashrif davomida ish bilan bandlikni ta’minlash, ayniqsa mahalla aholisi, jumladan yoshlar va xotin-qizlarni ishga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, “Bo‘stonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Andalus” supermarket hamda “Al Fatiha” o‘quv markazi faoliyati o‘rganilib, mazkur obyektlardagi bo‘sh ish o‘rinlari, xizmat yo‘nalishlari va hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tashrif yakunida “Al Fatiha” o‘quv markazi rahbariyati bilan mahallada istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun ta’lim xizmatlariga 50 foizgacha chegirma berish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu kelishuv aholi farovonligini oshirish, yoshlarning bilim olishi va kasb-hunar egallashiga ko‘maklashishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 5