Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Murojaatnoma mazmuni yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuv

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 4-uch yog‘och – Qarabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimov tomonidan “Qarbog‘” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlisga yo‘llangan navbatdagi Murojaatnomaning mazmun-mohiyati, unda belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda aholining farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan saylovchilarga atroflicha tushuntirish berishdan iborat bo‘ldi.

Deputat K. Xashimov o‘z so‘zida Murojaatnomada ilgari surilgan muhim tashabbuslar, xususan:

• aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash,

• bandlikni ta’minlash,

• ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish,

• hududlarni kompleks rivojlantirish,

• mahallaning jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan vazifalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga yetkazilishi qayd etildi. Ayrim masalalar bo‘yicha joyida tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etish, mahalla hayotini yanada obod qilish va fuqarolik faolligini oshirish muhimligini ta’kidladilar.

Slide 1 of 3