Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
Oltinsoy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalarga to‘xtaldi.

Sessiya davomida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Shu kungacha Oltinsoy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Baxrom Maxmatraemov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi.

Viloyat rahbari tuman hokimi lavozimiga Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan Mavlyanov Otabek Rustamovich nomzodini taklif etdi. Mazkur nomzod Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullandi.

Ma’lumot uchun, Otabek Mavlyanov 1980-yilda Termiz tumanida tug‘ilgan. 2001-yilda Termiz davlat universitetini moliya yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida mahalliy hokimliklar hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari markazi tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Jumladan, Termiz tumani hokimining o‘rinbosari, viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Tayinlovga qadar esa Surxondaryo viloyati Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Slide 1 of 1