Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
XALQ DEPUTATLARI BEKOBOD SHAHAR KENGASHINING 21-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

 Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibida Bekobod shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan 2025-yilning 11 oyi davomida
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bo‘lim boshlig‘i I.Axmadaliyevning hisoboti ko‘rib chiqildi. Hisobotda shaharda bandlik rejasining bajarilishi, hududni kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish borasida olib borilgan ishlar,
shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha yoritib berildi.
Kun tartibidagi masala deputatlar tomonidan batafsil muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilindi. Sessiya yakunida Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi raisi N.Babayev tomonidan jamiyatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni yanada rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-ma’rifiy jarayonlarda faol ishtirok etgani, shuningdek, 2030-yilgacha mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini rivojlantirish Konsepsiyasi doirasida aholi muammolari va shahar manfaatlariga oid muhim masalalarni hal etishga qo‘shgan hissasi uchun Kengash deputatlari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.  

Slide 1 of 6