Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnoma mamlakatimizni izchil rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hamda aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Murojaatnomada 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi davlat siyosatida mahalla institutining o‘rni va ahamiyati yanada mustahkamlanayotganidan dalolat beradi. Ushbu yo‘nalish joylarda mavjud muammolarni manzilli hal etish, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyat barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalarni keng joriy etish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omillari sifatida belgilandi.

Deputat sifatida Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar, xususan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida belgilangan maqsadlar ijrosini joylarda ta’minlash, saylovchilar manfaatini himoya qilish hamda qabul qilingan qarorlarning amaliy natijasiga erishish yo‘lida tizimli ishlarni amalga oshirishni muhim vazifa deb bilaman.

Berdiyarova Xusnara Jo‘ramurotovna

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi kotibiyat mudiri, 8-Taraqqiyot saylov okrugi deputati

Slide 1 of 1