Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Deputat nazorati

      Deputat nazorati.

      Kuz–qish mavsumining boshlanishi bilan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati A.Ubaydullayev tomonidan tumandagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi va 62-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida issiqlik tizimining tayyorgarligi va barqaror ishlashi hamda sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha deputat nazorati o‘tkazildi.

      Oziq-ovqatlar bo‘yicha muassasalarga yetkazilayotgan mahsulotlarning sertifikatlari, yaroqlilik muddati va kelib chiqish manbalari, Saqlash sharoitlari, sovutgich va omborxonalarning sanitariya talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi. Bir kunlik ovqatlanish me’yorlari Davlat talablariga mosligi bo‘yicha tahlil qilindi.

     Shuningdek deputat, muassasalarda issiqlik tizimining texnik holati ya’ni isitish qozonlari, uskunalar xavfsizlik talablariga muvofiqligi va mavsumga to‘liq tayyorligi tekshirildi. Mavsum davomida uzluksiz isitishni ta’minlash, muammolar yuzaga kelganda tezkor choralar ko‘rish bo‘yicha mutasaddilarga tavsiyalar berildi.

     Tumanda deputat nazoratining o‘tkazilishi kuz–qish mavsumida maktablarda barqaror isitishni ta’minlash, o‘quvchilar sog‘lig‘i va qulay ta’lim muhitini yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur jarayon ta’lim sifatiga bevosita ta’sir qiluvchi muhim infratuzilma masalalarining o‘z vaqtida hal etilishiga yordam bermoqda.

Slide 1 of 8