Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
MUNOSABAT

 Muzokaralar davomida raqamli infratuzilmani rivojlantirish, telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda yuqori
malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgani hamkorlikning uzoq muddatli xarakterga ega ekanini anglatadi. O‘zbekistonni yapon kompaniyalari uchun autsorsing va IT-xizmatlar markazi sifatida ilgari surish tashabbusi mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, eksportbop xizmatlar hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun keng imkoniyatlar ochadi.
 

  

Tokio shahrida IT Park’ning ilk xorijiy filiali ochilgani esa O‘zbekistonning xalqaro raqamli bozordagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. Ushbu platforma yapon kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda zamonaviy texnologiyalarni mamlakatimizga joriy etishga xizmat qilishi shubhasiz. 

  

Shuningdek, Xalqaro elektr aloqa ittifoqi doirasidagi o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalarining muhokama qilinishi O‘zbekiston va Yaponiyaning
global raqamli kun tartibida ham bir-birini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ko‘rsatadi. Uchrashuv yakunlari ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, raqamli taraqqiyot sohasida yangi imkoniyatlar ochish uchun mustahkam asos yaratganini tasdiqlaydi.
 

Xalimov Olimbay Ashirbayevich, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati, O‘zXDP deputatlik guruhi a’zosi