Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
MUNOSABAT

Strategiyaning xalqaro standartlar, jumladan INSPIRE yondashuvlari va ilg‘or jahon tajribasiga tayanilgan holda ishlab chiqilgani O‘zbekistonning bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka mutlaqo murosasiz pozitsiyasini amalda namoyon etadi. Mamlakatning Bogota chaqiruviga qo‘shilishi va Pathfinding xalqaro alyansiga a’zo bo‘lishi esa ushbu yo‘nalishdagi siyosiy iroda va xalqaro hamjamiyat oldidagi majburiyatlarning izchil bajarilayotganini tasdiqlaydi. 

Strategiya doirasida zo‘ravonlik holatlarini barvaqt aniqlash, tezkor va samarali javob choralarini ko‘rish, profilaktika va doimiy monitoringni qamrab olgan kompleks tizimning joriy etilishi bolalarni himoya qilish sohasida sifat jihatidan yangi natijalarga erishish imkonini beradi. Oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalarni imkoni boricha oilaviy muhitda tarbiyalashga ustuvorlik berilishi esa insonparvar va ijtimoiy yo‘naltirilgan yondashuvning yaqqol ifodasidir. 

Shuningdek, bepul yuridik yordam ko‘rsatish, tergov va sud jarayonlarida ijtimoiy xodimlar ishtirokini ta’minlash, bolaning manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ygan huquqiy kafolatlarning mustahkamlanishi bola huquqlarini himoya qilishda amaliyotning samaradorligini oshiradi. “Xavfsiz maktab” konsepsiyasining joriy etilishi, bulling va raqamli zo‘ravonlikka qarshi choralarning kuchaytirilishi esa ta’lim muhitini bolalar uchun xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi makonga aylantirishga xizmat qiladi. 

Umuman olganda, ushbu Strategiyaning qabul qilinishi O‘zbekistonda bolalarni har tomonlama himoya qilish, ularning sog‘lom, xavfsiz va munosib muhitda kamol topishini ta’minlash yo‘lidagi muhim va uzoq muddatli qadam bo‘lib, uning izchil amalga oshirilishi kelgusida jamiyat barqarorligi vainson kapitali rivojiga xizmat qiladi. 

Xonimjon Rajabova, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati, O‘zXDP deputatlik guruhi a’zosi.