Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Jumavoy Rahmonqulov tomonidan “Navbahor” mahallasi faollari va saylovchilar bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla hayoti va aholini qiziqtirayotgan bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan:

⚫️Maktab o‘quvchilarining ta’lim jarayonidagi ishtiroki, ularning maktabga kelib-ketishi, darslarga muntazam qatnashishi hamda o‘qishga mas’uliyat bilan yondashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada ota-onalar va mahalla faollarining hamkorligi muhimligi ta’kidlandi.

⚫️Yangi qabul qilinayotgan qaror va qonunlar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, ularning mazmun-mohiyati, aholi hayotidagi ahamiyati va ijro mexanizmlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

⚫️Yangi yil bayramini uyushqoqlik va xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda o‘tkazish, jamoat tartibini saqlash, bolalar xavfsizligini ta’minlash hamda ortiqcha dabdababozlikka yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama etildi.

⚫️Shuningdek, mahalla hayotida faol bo‘lib kelayotgan, ibratli turmush tarzi va namunali tarbiyasi bilan ajralib turuvchi oilalarga tashakkurnomalar topshirildi, ularning faolligi boshqalarga ham o‘rnak ekani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar deputat tomonidan nazoratga olinishi hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6