Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
Deputatlar tomonidan - “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida “kichik yashil bog‘lar” va “mahalliy yashil bog‘lar”ni barpo etish borasidagi ishlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarning axborotlari tinglandi

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhi rahbari N.Masharipova va deputatlik guruhi a'zosi N.Sharipovalarning tashabbuslari bilan Urganch shahar hududida “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida “kichik yashil bog‘lar” va “mahalliy yashil bog‘lar”ni barpo etish hamda yashil maydonlar ulushini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida mutasaddi tashkilotlar axborotlari tinglandi. 

Mazkur vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 11-sentabrda qabul qilingan PF 158-son Farmonda tasdiqlangan “O‘zbekiston-2030” strategiyasining ekologik ahvolni yaxshilash, inson hayotiga ta’sir qiluvchi ekologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlari bilan uyg‘un hisoblanadi. 

Urganch shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan bildirildiki, PF-158-son Farmonda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq, shahar hududida shaharning markazidan ochiladigan “Shovot” kanali bo‘ylab “kichik yashil bog‘lar”, mahallalarda esa “mahalliy yashil bog‘lar” barpo etilmoqda. Bularga turli mevali va manzarali ko‘chatlar ekilmoqda, mahallalarning qiyofasini yangilash va aholiga qulay dam olish maskanlari yaratish maqsadida bolalar maydonchalari, veloyo‘laklar va yashil o‘rindiqlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, shahar bosh rejasi asosida bo‘sh hududlarda yashil maydonlar ulushini oshirish choralari, tasdiqlangan loyiha doirasida jamoat uchun ochiq yashil zonalar yaratish belgilangan. 

Slide 1 of 2