Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Aholini qo`llab-quvvatlash – ustuvor vazifa

 Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi 5-Qo`shterak saylov okrugi deputati
O. Xolmurotova tomonidan o`z saylov okrugi hududidagi fuqorolar bilan tizimli ravishda uchrashuv va muloqotlar o`tkazib kelinmoqda. “Maqsadimiz – aholini ijtimoiy jihatdan qo`llab-quvvatlashdir” rukni ostida tashkil etilayotgan mazkur uchrashuvlar fuqarolarning muammo va takliflarini o`rganish, ularga yechim topishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Muloqotlar davomida aholini qiynayotgan ijtimoiy masalalar, jumladan, bandlik, kam ta`minlangan oilalarni qo`llab-quvvatlash, sog`liqni saqlash, ta`lim hamda infratuzilma bilan bog`liq muammolar atroflicha muhokama qilinmoqda. Deputat tomonidan har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari belgilanmoqda. Shuningdek, uchrashuvlarda davlat tomonidan aholi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ijtimoiy dasturlar va imtiyozlar haqida ham tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bu esa fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Bunday ochiq va samimiy muloqotlar aholi bilan deputat o`rtasidagi ishonchni mustahkamlab, joylarda mavjud muammolarni o`z vaqtida aniqlash va samarali hal etishga zamin
yaratmoqda. O.Xolmurotova kelgusida ham fuqarolar manfaatini himoya qilish,
ularning turmush farovonligini oshirish yo`lida izchil faoliyat olib borishini ta`kidladi.
  

Slide 1 of 5