Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTATLIK NAZORATI

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N. Saidova tomonidan “Balxiguzar” mahalla fuqarolar yig‘inida deputatlik nazorati tadbirlari oʻtkazildi.

Tadbirlar davomida mahalla hududida kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan bandlik imkoniyatlari, ijtimoiy yordam va ko‘mak mexanizmlarining amaldagi holati atroflicha oʻrganildi. Shuningdek, fuqarolarning muammolari, ularning ehtiyoj va takliflari tinglanib, masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Deputatlik nazorati yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlarni kengaytirish hamda aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan qoʻshimcha topshiriq va tavsiyalar mahalla mutasaddilariga yetkazildi.

Slide 1 of 4