Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
YO`QLOV

 Qishloq xo`jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Yorqishloq qishlog`idan yetishib chiqqan taniqli fermer, Xalq deputatlari Andijon viloyati hamda Jalaquduq tumani Kengashi deputati, ko`p yillik samarali mehnati bilan el-yurt e`tiborini qozongan Qobiljon Qo`zievning volidasi
— Muborakxon ona xonadoniga yo`qlov tashrifi uyushtirildi.
Mazkur tashrifda Jalaquduq tumani Kengashi raisi H. Latipov boshchiligida tuman Kengashi deputatlari A. Qurbonov va Sh. Xayitoxunovlar ishtirok etdilar. Yo`qlov chog`ida Muborakxon onaga samimiy ehtirom va e`zoz ko`rsatilib, bayram munosabati bilan iliq tabriklar va ezgu tilaklar bildirildi. Tashrif davomida mehnatsevar ona tomonidan farzand tarbiyasida berilgan ibratli hayot saboqlari, xususan, Qobiljon Qo`zievning qishloq xo`jaligi sohasida erishgan yutuqlari va jamoat ishlaridagi faoliyati zamirida oilaviy tarbiya va ona mehrining beqiyos o`rni alohida ta`kidlandi. Tuman Kengashi raisi H. Latipov qishloq xo`jaligi sohasida fidokorona mehnat qilayotgan fermerlar, ularning ota-onalari va ustozlariga hurmat va e`tibor davlat siyosati darajasida qo`llab-quvvatlanayotganini qayd etdi. Shuningdek, Muborakxon onaga mustahkam sog`lik, uzoq umr va oila a`zolari baxti tilab qoldi. 

Bunday yo`qlovlar xalqimizning qadimiy qadriyatlari — kattalarga hurmat, onaga ehtirom va mehnat ahliga e`zoz ko`rsatish kabi yuksak insoniy fazilatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 4