Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
“Saylovchilar bilan uchrashuv: qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi”

“Saylovchilar bilan uchrashuv: qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi”

Xakimov Sirojiddin Turayevich, 7-qahramon saylov okrugidan saylangan deputat, o‘zi saylangan hududda saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

Tadbir davomida aholi ishtirokida qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, issiqlik tizimining barqaror ishlashi, ko‘cha va ichki yo‘llar yoritilishi, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi uzluksizligi, ijtimoiy himoya masalalari hamda kommunal xizmatlar sifati bo‘yicha bir qator savollar va takliflar bildirildi.

Saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalar deputat tomonidan diqqat bilan tinglandi. Har bir murojaat bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi, mavjud muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berilishi ta’kidlandi.

Deputat uchrashuv yakunida aholining fikr va takliflari uning uchun muhim ekani, har bir murojaatning ijrosi alohida nazoratga olinishi hamda qish mavsumini bemalol o‘tkazish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini bildirdi.

Slide 1 of 2