Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputat so‘rovi shahar hokimi tomonidan joyida o‘rganildi

Deputat so‘rovi shahar hokimi tomonidan joyida o‘rganildi

✅️Samarqand shahridagi “Xo‘ja Doniyor” va “Obi raxmat” mahallalari birlashib, ularning negizida “Xo‘ja Doniyor” mahallasi tashkil qilingandan keyin mahalla faollari mahallaning obodonlashtirish hamda mahalla aholisini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan 1-Bog‘ibaland saylov okrugidan xalq deputatlari viloyat kengashiga saylangan deputat Badriddin Nasriyev nomiga ariza bilan murojaat qilishgan va deputat B.Nasriyev mahalla muammolarini joyiga chiqib o‘rganib, mazkur muammolarni bartaraf etish to‘g‘risida Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov nomiga deputatlik so‘rovi chiqargan edi.

🔵Samarqand shahar hokimi deputat B.Nasriyevning deputatlik so‘rovi ijrosini o‘rganish va uni bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun “Xo‘ja Doniyor” mahallasiga tashrif buyurdi va muammolarni deputat va mahallla faollari bilan joyida o‘rganish o‘tkazdi. 

🟣O‘rganish jarayonida “Xo‘ja Doniyor” mahallasi Obi Raxmat ko‘chasida bo‘sh turgan yer maydonida mahalla tadbirkorlari va fuqarolar ko‘magida hashar yo‘li bilan bugungi kun talabiga javob beradigan mini stadion va dam olish maskani, ya’ni bog‘ qurishga kelishib olindi. Bu borada shahar hokimi mazkur muammoni hal etish uchun amaliy yordam berishini ma’lum qildi.

✈️@sam_vil_deputatlari (https://t.me/sam_vil_deputatlari)

Slide 1 of 3