Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Oqdaryo tumanida ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha jamoatchilik nazorati o‘rnatildi

Oqdaryo tumanida ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha jamoatchilik nazorati o‘rnatildi

✅Oqdaryo tumanida ta’lim muassasalarida bolalarni sog‘lom va to‘yimli ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish maqsadida amaliy ishlar davom etmoqda.

✅Xalq deputatlari viloyat Kengashining 10-Oqdaryo saylov okrugidan saylangan deputati Ilhom Botirov tashabbusi hamda rahbarligida maxsus ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, unga tuman kotibiyati, xalq ta’limi, sanitariya-epidemiologiya xizmati, moliya va boshqa tegishli tashkilotlar vakillari jalb etilgan.

✅Mazkur ishchi guruh tomonidan 1-, 3-, 4-, 5-, 11-, 14-, 27- va 30-sonli davlat ta’lim muassasalarida o‘rganish ishlari olib borildi.

⚡️Tahlillar davomida maktab yoshidagi bolalarning sog‘lom ovqatlanishi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, mavjud infratuzilma, oshxona va sanitariya-epidemiologik holat o‘rganildi.

✅O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, ta’lim muassasalarida bolalar uchun xavfsiz, sog‘lom va barqaror ovqatlanish tizimini yo‘lga qo‘yish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.

☑️Mazkur tashabbus bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ta’lim sifatini oshirish hamda maktablardagi umumiy sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan muhim qadamlardan biri sifatida qayd etilmoqda.

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 6