Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Ko‘p qavatli uylarning kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari o'rganilmoqda

Ko‘p qavatli uylarning kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari o'rganilmoqda

✅Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Moʻtabar Yo‘ldosheva hududidagi ko‘p qavatli uylarning kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini o‘rgandi

✅Joylarda aholi turmush darajasini oshirish, mavsumiy muammolarni o‘z vaqtida hal etish va mavjud kamchiliklarni aniqlash maqsadida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Moʻtabar Yo‘ldosheva Toyloq tumanidagi Charg‘bon mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashdi.

✅Uchrashuv davomida deputat mahallada joylashgan ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, shuningdek, obodonlashtirish va sanitariya holatini o‘rgandi. O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan deputat M. Yo‘ldosheva tomonidan mahalla mas’ullariga aniq taklif va tavsiyalarini berdi.

✅Jumladan, aniqlangan muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi va bu masala deputat nazoratiga olindi.

✅Deputatning bu tashabbusi mahalladagi fuqarolar tomonidan ijobiy qarshi olindi. Aholi tomonidan bildirilgan taklif va muammolar ham o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 6