Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Deputatlar yoshlar ta’limi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar

 Deputatlar yoshlar ta’limi uchun yaratilgan
sharoitlar bilan tanishdilar
 

  

Yoshlar kelajagi — mamlakat kelajagi! Shu maqsadda
xalq vakillari ta’lim muassasalaridagi holatni doimiy nazoratda ushlab kelmoqda.
 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi deputati Ziyodbek Yunusov, Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman Kengashi deputatlari Ozodaxon Dadajonova va Shuxratjon Raximov,
shuningdek, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Farg‘ona tuman Kengashi
raisi Nodirbek Karimovlar Farg‘ona tumani Mehnatobod mahallasidagi 1-son
Politexnikumda bo‘lib, muassasaning kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari
va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
 

1979-yilda qurilgan, 2004-yilda qayta ta’mirlangan
ushbu Politexnikum bugungi kunda 634 nafar o‘quvchiga bilim va kasb o‘rgatmoqda.
600 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramasdan, ta’lim jarayonlari samarali tashkil
etilgan.
 

Muassasadagi 6 ta isitish qozoni
soz holda ishlamoqda, muhandislik infratuzilmasi to‘liq faoliyat yuritmoqda. Shu
bilan birga, ayrim binolar joriy ta’mirga muhtojligi ham deputatlar diqqat
markazida bo‘ldi.
 

Deputatlar yoshlar ta’limi uchun qulay,
xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish bo‘yicha amaliy tavsiya va takliflarni
bildirdi.
 

Ta’lim — taraqqiyot poydevori, yoshlar
— kelajak kuchidir!
  

Slide 1 of 6