Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
#_munosabat

 

2025-yil 30-oktabr kuni qadimiy va betakror Samarqand shahrida
Birlashgan Millatlar Tashkilotining UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi
o‘z ishini boshladi. Bu tarixiy voqea nafaqat mamlakatimiz, balki butun mintaqa
uchun g‘ururli lahza bo‘ldi.
 

Ushbu yirik xalqaro anjuman O‘zbekistonning madaniyat, fan va ta’lim
sohalaridagi faoliyatiga berilgan yuksak e’tibor hamda Prezident Shavkat
Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan ochiqlik va islohotlar siyosatining
amaliy samarasidir.
 

Deputat sifatida men bu voqeani yurtimizning xalqaro miqyosdagi
nufuzini yanada oshiruvchi, milliy qadriyatlarimizni jahon sahnasida keng
targ‘ib etuvchi muhim qadam sifatida baholayman.
 

Samarqandda o‘tayotgan UNESCO sessiyasi – bu bizning boy tariximiz,
madaniy merosimiz va tinchliksevarlik siyosatimizning yorqin timsolidir.
O‘zbekiston bugun
dunyo hamjamiyatida ishonchli hamkor, madaniyatlararo muloqot markazi sifatida
e’tirof etilayotganidan faxrlanamiz.