Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Iqlim o‘zgarishi va madaniy meros - umuminsoniy mas’uliyat

Ayni kunlarda ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan YUNЕSKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev nutq so‘zladi. Undagi ekologik masalalarga oid fikrlar juda chuqur ma’no kasb etadi. Haqiqatdan ham, iqlim o‘zgarishi nafaqat tabiat, balki madaniy meros obyektlariga ham tahdid solmoqda. Prezidentning “YUNЕSKOning Ekologik poytaxti” tashabbusi bu sohada yangi xalqaro hamkorlik maydonini yaratishi mumkin. Bu tashabbus orqali shaharlar faqat yashil muhit emas, balki madaniy barqarorlik markaziga ham aylanadi.

Madaniy obidalar tabiat bilan uyg‘unlikda vujudga kelgan. Ular inson va muhit o‘rtasidagi ma’naviy bog‘lanishni ifodalaydi. Shu bois iqlim o‘zgarishi oqibatida yodgorliklarning zarar ko‘rishi - butun insoniyatning yo‘qotishidir. O‘zbekistonning bu masalada faol pozitsiyasi nafaqat milliy, balki global darajada ham mas’uliyatli yondashuvni namoyon qiladi.

Prezident taklif etgan Xiva shahridagi xalqaro simpozium g‘oyasi ayni vaqtda o‘ta dolzarb. Unda ilmiy tadqiqotlar, innovatsion yechimlar va amaliy tajribalar birlashsa, madaniy merosni asrab qolish bilan birga, tabiatga ehtiromni ham keng targ‘ib qilish mumkin bo‘ladi. Bu - insoniyatning kelajak oldidagi mas’uliyatli qadami bo‘ladi, deb ishonaman.

Nursulton Hosilmurodov, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati

Slide 1 of 1