Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabr kuni qabul qilingan PQ–405-sonli qarori—“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabr kuni qabul qilingan PQ–405-sonli qarori—“Kambag‘allikdan
farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokamasiga
bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
 

Bugun 2025-yil 31-oktyabr kuni Buloqboshi tumani xokimligida "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi M.Jalilov, Andijon viloyati bo‘limi xodimlari I.Toshmatov, Sh.Qo‘yliyev, tuman xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i X.Xolmatova, Xalq
deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi kotibiyat mudiri N.Xolmatova, tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi raxbari F.Jalolov, diniy ishlar bo‘yicha vakil,
maxalla yettiligi, faol nuroniylar, buvijonlar maktabi a’zolari,
otin oyilar va yangi xayotga tayyorlanayotgan yosh oilalar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida aholi bandligini ta’minlash,
kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, oilalarda ajrimlar va jinoyatchilik holatlarini oldini olish, ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, to‘ylar va boshqa oilaviy marosimlarni ortiqcha isrofgarchiliksiz, “Maromiylik” tamoyili asosida o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish ishlari tashkil etildi.
 

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga dastur ijrosini samarali ta’minlash, aholi farovonligini oshirish va jamoat tartibini mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.  

Slide 1 of 12