Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Korrupsiya salbiy illat

Hurmatli fuqarolar!

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik va adolat tamoyillarini hayotimizga chuqur singdirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilanmoqda. Chunki korrupsiya – bu nafaqat qonunbuzarlik, balki jamiyat taraqqiyotiga, xalq farovonligiga, yoshlar kelajagiga jiddiy putur yetkazuvchi salbiy illatdir. Har birimiz yaxshi bilamizki, korrupsiya mavjud joyda adolat, halollik va ishonch so‘nadi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish – bu faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ishi emas, balki har bir fuqaroning burchi va mas’uliyatidir.”

Shu boisdan, siz aziz fuqarolarni jamiyatimizda halollik, poklik, mas’uliyat va vijdonlilik tamoyillarini keng targ‘ib etishga, har qanday korrupsion holatlarga befarq bo‘lmaslikka chorlayman. Agar siz pora yoki noqonuniy talabga duch kelsangiz, bu haqda darhol tegishli idoralarga xabar bering — bu orqali siz nafaqat o‘zingizni, balki jamiyatni ham himoya qilgan bo‘lasiz.

Keling, barchamiz birgalikda korrupsiyasiz, halol mehnat va adolat ustuvor bo‘lgan jamiyatni barpo etishga hissa qo‘shaylik!

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputati Akbarova Shoira Uktamovna