Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 15-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, kengash kotibiyati, mahalla xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Kun tartibidan o‘rin olgan 12 ta masala muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Har bir masala yuzasidan mas’ullar hisobot berib, deputatlar o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Sessiya davomida Termiz shahar prokurori o’rinbosari K.Xazratqulov ham so‘zga chiqib, yo‘riqnomani 18-bandi asosida hududiy prokurorlar va ichki ishlar organlari rahbarlari har oy OAV orqali aholiga profilaktik-ogohlantiruv murojaati qilishlari, har chorakda kriminogen vaziyat va jinoyatlarning oldini olish choralari bo‘yicha Xalq deputatlari kengashiga axborot berishlari, shuningdek, hokimlar bilan hamkorlikda mahallalarda vaziyatni yaxshilash yuzasidan aniq choralar belgilashlari zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashda mahalla tizimi, profilaktika inspektorlari va fuqarolarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 7