Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
TINCHLIK-XOTIRJAMLIK MAHALLADAN BOSHLANADI

 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga “11-Qumariq” saylov okrugidan saylangan deputat Hasanboy Mamadaliyev
Qumariq qishloq ahli bilan kengroq davra oldi, mahalla vakillari bilan dolzarb masalalarda suhbatlashdi. Deputat mahalla muhiti barqarorligini saqlash, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, bu borada mahalla va yoshlar faollari “mahalla yettiligi” hamkorligida aholi muammolarini samarali hal etishda, ayniqsa, aksariyat masalalarni shu yerning o‘zida ijobiy yechim topishida muhim platforma bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi. 

“Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yosh oilalar mustahkamligini ta’minlash, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratishimiz zarur. Shuning bilan birga o‘smir-yoshlarni madaniyat, san’at va sportga muntazam jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar diqqat-e’tiborimizdan chetda qolmasligi kerak”-dedi Hasanboy Mamadaliyev. 

Shuningdek mahalla vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda to‘y-marosimlar, hududdagi maktabda o‘quvchilar davomati masalasi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati va yong‘in xavfsizligi xususida ham mushohadalar yuritildi. Uchrashuvda bildirilgan takliflar atroflicha ko‘rib chiqilib, umumlashtirildi. 

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati  

Slide 1 of 1