Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir

 Ishonchni
qozonish — masʼuliyatdir
 

Mahalliy Kengash deputati bo‘lish — aslida fidoyilik,
odamlar dardu tashvishi, quvonchiga sherik bo‘lib yashash demakdir. Chunki
deputat har kuni yoki kunora ish yuzasidan, yoxud ko‘cha-ko‘yda saylovchilariga
duch keladi.
 

 Uchrashuv,
tadbir yoki sayyor qabulda biror muammoni hal etishda amaliy yordam berishni
vaʼda qilib, uni bajara olmasa, xoh ishida, xoh tadbirda bo‘lsin, yuzi shuvut
bo‘ladi. Bugungi ochiqlik va oshkoralik davrida esa ayrimlar “saylagan
deputatimiz vaʼdaboz ekan, vaʼda berib bajarmadi” deb yuziga solishdan ham
tortinmaydi.
 

 Buni
yaxshi anglagan O‘zMTDP faoli, xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashi
deputati Bunyod Tashanov o‘zi saylangan hudud — 2-"Navro‘z" saylov
okrugida aholi bilan muntazam ravishda yuzma-yuz uchrashuvlar, sayyor qabullar
o‘tkazishni odatiga aylantirgan. Ularda aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni
chuqur o‘rganib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha muntazam ish olib bormoqda.
 

  Bu esa saylovchilarning deputatga, partiya g‘oya va maqsadlariga bo‘lgan
ishonchini oshishiga xizmat qilmoqda.
 

  Xususan,
B. Tashanov aholi murojaatlari asosida “Qizilrabot” mahalla fuqarolar
yig‘inidagi sport maydonchasi va mahalla maʼmuriy binosini qurish, shuningdek,
10 km ichki yo‘llarni asfaltlash ishlarini deputatlik nazoratiga oldi.
 

  Natijada,
deputat aralashuvi bilan qisqa muddatda mahallada sport maydonchasi va mahalla
binosi qurildi, ichki yo‘llar to‘liq asfalt qilindi hamda aholi uchun tungi
yoritkichlar o‘rnatildi.
  

Slide 1 of 8