Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
O‘zbek tili bayrami

Har bir millatning o‘zligini belgilovchi eng muhim ramzlardan biri bu - ona tilidir. Til - xalqning tarixiy xotirasi, madaniyati va milliy ruhining ifodasidir. Shu bois o‘zbek xalqining eng ulug‘ qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz - o‘zbek tilini e’zozlash, uni asrab-avaylash va rivojlantirish barchamizning muqaddas burchimizdir. 

Joriy yilning 21-oktabr kuni Yangiobod tumanidagi 11-umumta’lim maktabida “21-oktabr - O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Valijon Xasanov so‘zga chiqib 1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tili davlat tili maqomiga ega bo‘lganligi, bu tarixiy hujjat xalqimizning asrlar davomida orzu qilgan ma’naviy mustaqilligi va milliy o‘zligini tiklash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etgani, o‘zbek tili - bu bizning faxrimiz, g‘ururimiz va millatimizning ruhi ekanligi, bugungi kunda u davlat boshqaruvi, ta’lim, fan, madaniyat va xalqaro aloqalarda keng qo‘llanilayotganligi, har birimiz tilimizni asrab-avaylashimiz, adabiy me’yorlarga amal qilishimiz va ish jarayonlarida davlat tilidan to‘liq foydalanish uchun mas’ul ekanligimizni ta’kidlab o‘tdi.

 

Slide 1 of 2