Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
“Akcha” mahallasidan deputatlar tashrifi

 Jalaquduq tuman Kengashining bir guruh deputatlari “Akcha” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar. Tashrifda viloyat va tuman Kengashi deputatlaridan I.Jo‘rayev xamda O.Nosirov, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi bosh
mutaxassisi S.Xasanovlar ishtirok etdilar. Ular mahalladagi ko‘chalarni ta’mirlash, yoritish tizimini yangilash, yashil hududlarni kengaytirish hamda aholi uchun qulay infratuzilma yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Deputatlar ushbu mahallada joylashgan 9-umumta’lim maktabida ham bo‘lib, ta’lim maskanida olib borilayotgan obodonlashtirish va kirib kelayotgan qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdilar. Maktab hududidagi isitish tizimi, xavfsizlik choralari, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Deputatlar mahalla faollari va oqsoqollar bilan
suhbatlashib, fuqarolarning taklif va muammolarini tingladilar. Suhbat davomida aholi tomonidan obodonlashtirish ishlariga faol ishtirok etilayotgani, ko‘ngilli yoshlar tashabbusi bilan ko‘chat ekish va tozalik aksiyalari o‘tkazilayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, aholi bandligini ta’minlash va oilalar farovonligini oshirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Deputatlar mahallada amalga oshirilayotgan ishlarga ijobiy bahosini berib, bu yo‘nalishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.  

Slide 1 of 6