Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

 Jomboy tumanida Xalq
deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda
maktabgacha ta’lim hamda umumta’lim maktablarida mavjud muammolar, ularni
bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda ijtimoiy obyektlarda
ko‘mir zaxirlarining yaratilishi yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda tuman
maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarlari, deputatlar hamda tegishli
mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Soha vakillari tomonidan
muassasalardagi moddiy-texnik baza, o‘quv jarayonining sifati, o‘qituvchilar
yetishmovchiligi, isitish tizimlari, shuningdek, bolalar xavfsizligini
ta’minlash, kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir zaxiralarining yaratilishi masalalari yuzasidan axborot berildi. 

Deputatlar ta’lim
muassasalarida mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etish uchun mas’ul idoralar bilan hamkorlikni
kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar. 

Yig‘ilish yakunida soha
mas’ullariga aniqlangan muammolarni qisqa muddatda hal etish, kuz-qish
mavsumida ta’lim muassasalarining barqaror faoliyatini ta’minlash bo‘yicha aniq
topshiriqlar berildi.  

Slide 1 of 4