Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
Ona tili — millat ruhi va yoshlar ma’naviyati asosi!

Bugungi yoshlar uchun ona tili nafaqat muloqot vositasi, balki o‘zligini anglash, ilhom va g‘urur manbaidir. Biz, yosh avlod vakillari, tilimizga muhabbat va ehtiromni qalbimizda asrab, uning sofligi, boyligi va go‘zalligini avlodlardan avlodlarga yetkazishga mas’ulmiz. Davlat tilida fikrlay olish — bu nafaqat bilim, balki yuksak madaniyat va vatanparvarlik belgisidir.

Milliy tilni ardoqlash — bu Vatanni sevish demakdir. Shu bois, har bir yosh o‘z ona tilida erkin yozishi, o‘qishi va so‘zlashi bilan elning madaniyatiga hissa qo‘shadi. Tilimizga bo‘lgan g‘amxo‘rlik orqali biz milliy g‘ururni mustahkamlaymiz, kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yamiz.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek:

“Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak.”

Shu so‘zlar har bir yosh qalbida tilga muhabbat, yurtga sadoqat tuyg‘usini yana-da mustahkamlaydi.

Slide 1 of 1