Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
“Tozalik va ozodalik” oyligi doirasida

 “Tozalik va ozodalik” oyligi doirasida Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati S. Kasimova mahalla aholisiga murojaat qilib, har bir fuqaro avvalo o‘z oilasidan obodonlashtirish va tozalash ishlarini boshlashi lozimligini ta’kidladi.

Deputat o‘z chiqishida:

— Agar har bir inson o‘z hovlisi, ko‘chasi va mahallasini tartibga keltirishga hissa qo‘shsa, nafaqat o‘z yashash joyini, balki butun tumanning  go‘zalligiga go‘zallik qo‘shgan bo‘ladi, — deya ta’kidladi.

Tadbir davomida S. Kasimova aholiga atrof-muhitni asrab-avaylash, chiqindilarni to‘g‘ri tashlash, daraxt va gul ekish ishlarini muntazam yo‘lga qo‘yish zarurligini eslatib o‘tdi.

Shuningdek, deputat mahalla faollari bilan birgalikda obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish, yoshlarni tozalik va ekologik madaniyat ruhida tarbiyalash bo‘yicha ham fikr almashdi.