Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
Munosabat

 — Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar tinchlik, barqaror rivojlanish va hamjihatlik yo‘lida amaliy dastur sifatida qabul qilindi. 

Prezidentimiz nutqining asosiy yo‘nalishlaridan biri inson qadrini yuksaltirish va xalq farovonligini ta’minlashdir. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 35 foizdan 6 foizgacha qisqardi. Maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga, oliy ta’lim qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga oshdi. Millionlab ish o‘rinlari yaratildi, iqtisodiyotga katta investitsiyalar kirib keldi. Bu natijalar “hech kim chetda qolmaydigan jamiyat” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasidir. 

O‘zbekistonning tashabbuslari tufayli Markaziy Osiyo oxirgi yillarda ziddiyatlar maydonidan hamjihatlik va do‘stlik makoniga aylandi. Savdo va iqtisodiy hamkorlik besh barobarga o‘sdi. Prezidentimiz bu jarayonlarni BMT minbaridan turib dunyo uchun namuna sifatida ko‘rsatdi. 

Prezidentimiz tomonidan bildirilgan tashabbuslar xalqaro hamjamiyat tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. BMT Bosh kotibi, shuningdek, AQSh, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Janubiy Afrika kabi davlatlar rahbarlari O‘zbekistonning siyosiy irodasini yuqori baholadilar. 

Bu esa O‘zbekiston ovoziga, uning tashabbuslariga dunyo quloq tutayotganidan dalolatdir. Yangi O‘zbekiston xalqaro maydonda ishonchli hamkor sifatida nufuzini mustahkamlamoqda.