Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Nazokat Narxadjayeva "Yangiobod" mahallasida olib borilayotgan ishlar, fuqarolarning muammolari hamda dolzarb masalalar bilan tanishish maqsadida navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat avvalo mahalla yettiligi — mahalla raisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, nuroniylar, maslahatchilar va boshqa mas’ullar bilan suhbat o‘tkazdi. Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash, mahallaning obodonlashtirish ishlari kabi masalalar muhokama qilindi.

Shundan so‘ng deputat murojaat bilan kelgan xotin-qizlar bilan alohida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ayollar tomonidan ishga joylashish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy yordam olish va yashash sharoitlarini yaxshilashga oid masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Deputat ta’kidlaganidek, fuqarolarning, ayniqsa xotin-qizlarning muammolarini joyida o‘rganish va ularni amalda yechish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 3