Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
“Uch avlod uchrashuvi” — keksa avlodga hurmat, yoshlarga ibrat

Bugun, 20-oktyabr kuni Toshkent shahar “Nuroniy” jamg‘armasi hamda Mirobod tumani bo‘limi, shuningdek, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputati X.Kayumov tomonidan “Keksalar haftali” va “Keksalar turizm oyligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir — “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Tadbir Mirobod tumani hokimligi, tuman Madaniyat bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Al-Aziz” restoranida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman faollaridan 60 nafar keksa avlod vakillari, o‘rta yoshlar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir ochilishida so‘z olgan Mirobod tumani “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Qayumov Xayrullo Zabixullayevich keksalarni e’zozlash, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini ta’kidladi.

— Bugungi uchrashuv — bu nafaqat samimiy suhbat maydoni, balki keksa va yosh avlod o‘rtasidagi rishtalarni mustahkamlash, hayotiy tajribalarni yoshlarga yetkazishda muhim maydon bo‘ldi, — dedi X.Qayumov.

Slide 1 of 8